Dasturlash tilining qo‘llanilish sohalari bilan tanishamiz. Oddiy algoritmlar bilan tanishib chiqamiz va ularni tuzishni o‘rganamiz. Tkinter moduli yordamida «vazifalar ro‘yxati» nomli oynali ilova yozamiz – unda kunlik, haftalik va oylik rejadagi vazifalarni qo‘shish, o‘chirish va tahrirlash imkoniyati bo‘ladi. Dasturlash orqali rasm chizamiz. Turtle moduli – "toshbaqa grafikasi" yordamida mashina, uy, smaylik va boshqa obyektlarni chizamiz.